Stroy24 servisi to`g`risida

O'zbekistonda qurilish materiallari: nomi, narxi va sotuvchilarning kontaktlari


Stroy24-qurilish va ta'mirlash uchun barcha kerakli mahsulotlarni taqdim etadigan keng ko'lamli platformadir.

Stroy24-iste'molchilarga har qanday toifadagi qurilish materiallarini topishga, yetakchi mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning tovar narxlarini, qurilish materiallari va uskunalarini yetkazib beruvchilarning narxlarda solishtirishga yordam beradigan xizmat turidir. Bu mahsulot to'g'risida, qurilish bozorlaridagi qurilish va pardozlash materiallarining joriy narxlari, saytda ro'yxatdan o'tgan sotuvchilarning savdo nuqtalari va kontaktlariga oid ma'lumotlardan eng to'liq, tezkor va sifatli foydalanish imkoniyatidir.

Stroy24 qurilish uskunalari, materiallari va ta'mirlash vositalarini topish jarayonini qulay qilish uchun mo'ljallangan. Sizga kerak bo'lgan hamma narsani Stroy24 platformasida topishingiz mumkin. Endi siz mahsulot qidirish uchun vaqtingiz va asabingizni sarflashingiz shart emas. Stroy24 da plastic quvurlar, fitinglar, karkas uchun profillar, devor uchun issiq tutuvchi materiallar, gipsokarton, gulqog`oz, yelim, qurilish aralashmalari, ish uchun qo`lqoplar va lobziklarni topishingiz mumkin. Stroy24 sizga kerakli mahsulotni toifasi, narxi va hududi bo'yicha qidirish imkonini beradi. Saytda siz tovarlarni eng yaxshi narxda, yetkazib berish xizmati va chegirmalar bilan topishingiz mumkin.

Qurilish materiallarini o'zingiz uchun qulay sharoitda va har qanday ob-havoda 24/7 rejimida izlab topishingiz mumkin - sutkasiga. Mashina uchun to`xtash joyi qidirib mahsulot izlagani qurilish mollari bozorlariga borishingiz shart emas. Siz mahsulotlarni to'g'ridan-to'g'ri uydan,  o'zingizning smartfoningiz orqali topishingiz mumkin. Yangi elektr uzatma simi kerakmi? Uni topish oson – kerakli bo`limga o`tish kifoya/ Qolaverda bu yerda yondosh mahsulotlar, masalan, taqsimlash qutilari va shit uchun avtomat ham qidirib ko`rishingiz mumkin.

Stroy24-da haridorlar xonadonlar, uylar, ofislarni qurish, ta'mirlash va bezash uchun tovarlarni izlash va sotib olish bilan bog'liq muammolarni hal qilish uchun ishonchli hamkorlarni topadilar. Hammasi bo'lib, "Stroy24" da uy-joy, shahar atrofi va sanoat qurilishi uchun 200 dan ortiq toifadagi tovarlarga ega. Har kuni veb-saytimizda yangi mahsulot nomlari paydo bo'ladi.

Stroy24 nafaqat iste'molchilar uchun qo'shimcha qulayliklar yaratibgina qolmay, balki mahalliy ishlab chiqaruvchilarga o'z mahsulotlarini sotishda yordam beradi.

Loyihani O'zbekistondagi birinchi qurilish portali - Ustabor.uz amalga oshirmoqda.