Ta'mirlash

BOSCH asboblari. Qalbaki va asl mahsulotlarni qanday farqlash mumkin?

BOSCH deganda har doim yuqori sifatli materiallardan ishlangan, yuqori darajadagi xavfsizlik hamda uzoq muddat xizmat qiladigan mahsulot ko`z oldimizga keladi.

Zamonaviy tadbirkorlar deyarli hamma narsani qalbakilashtirishni o'rganib oldilar. Hatto elektr asboblari ham qalbaki bo`lishi mumkin. Ba'zi ishlab chiqaruvchilar qalbaki mahsulotlar ishlab chiqarishda shu qadar mohirki, ularning qalbaki mahsulotlarini har kim ham aslidan ajrata olmaydi.


Narx

Mashhur brendning asl asboblari arzon bo'lishi mumkin emas. Asl asboblar boshqa ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqargan xuddi shunday asboblarga qaraganda qimmatroq turadi. Va insofsiz ishbilarmonlar esa iste'molchining pul tejashdek asosiy istagidan foydalanib foyda qilish imkoniyatini qo'ldan boy bermaydilar. Shu tariqa, qalbaki asboblar asl mahsulotlardan bir necha baravar arzonroq narxlarda sotiladi, ammo ularning sifati va ishlashi hatto o`sha pulga ham arzimaydi. Kimning omadi chopishiga qarab.

Kimlardadir qalbaki asboblar ketma-ket bir necha yil ishlaydi, kimlardadir u birinchi ishlatishdayoq ishdan chiqadi. Demak, iste'molchi nafaqat brendda, balki mahsulot sifatidan ham tejagan bo`ladi. Va xasislik uchun, bilganingizdek, ikki marta to'lashingizga to`g`ri keladi.

Qalbaki asboblar sotib olganda foydalanuvchi faqat pulinigina yo`qotmaydi. Salomatlik – uni hech qanday boylikka sotib ololmaysiz. Juda zararli qalbaki asboblar bor! Masalan, burg`ilash fazali BOSCH (qalbaki) perforatorlari. 



Qalbaki asbobni aslidan farqlashning eng oddiy belgilari

Sifatiga ortiqcha urg`u bermaydigan ishlab chiqaruvchilar ham bor. Ularning qalbaki asboblari asl nusxadan aniq farq qiladi. Masalan, qora rangdagi BOSCH asboblari. Ushbu haqiqiy professional asbobning korpusi ko'k-qora ranglarda ishlangan, qalbaki asboblar qora yoki kulrang-havorangda ishlangan bo`ladi. Bundan tashqari, qalbaki asbobning korpusi notekisliklar, katta bo'shliqlar va quyishdan qolgan kertiklarga boy bo`ladi.



Bir fazadan boshqasiga o`tish tugmasi beparvolik bilan bo'yalgan. Qalbaki asbobda fiksator tugmasi bo`lmasligi mumkin, asl mahsulotda esa bor. Asl BOSCH asboblarining barcha qismlari benuqson bo'yalgan. Qalbaki asboblarda xatolar va ranglardagi nomutanosibliklar yaqqol ko`zga tashlanadi.




Asl asbobning yorlig'ida ishlab chiqarilgan mamlakat ko'rsatiladi. Qalbaki mahsulot yorlig`ida bu ma`lumot bo'lmasligi mumkin, uning o`rniga ierogliflar ko`rsatilgan bo`ladi. Asbobning o'nta raqamli kodi BOSCH katalogida ko'rsatilgan kodga mos kelishi kerak.

Asl asbobga A4 formatida pushti rangdagi kafolat taloni ilova qilinishi kerak. Uning rus tilida ham tarjimasi bor. Ba'zi sotuvchilar butun boshli BOSCH to'plamlarini sotadilar, masalan,  taroshlovchi mashina va drel, yoki qil arra va taroshlovchi mashina kabi. Aslida, bunday to'plamlarning BOSCH ga hech qanday aloqasi yo'q.

Yaxshiyamki, bunday qalbaki mahsulotlar kam uchraydi. Ammo hammasi ham risoladagidek emas: qalbaki asboblar bozorlarni egallab olmoqdaki, ularni aslidan ajratish juda qiyin. Biroq sinchkov bo`lganda farqlarni topish mumkin. Namuna sifatida 2-26 DFR ni olamiz.

Haqiqiy nemis BOSCH asboblaridagi brend nomi quyma bo`rtma harflar bilan ifodalanadi. Qalbaki asboblardagi harflar ham bo`rtma bo`ladi, biroq ular quyma emas, balki yopishtirilgan bo`ladi. Yelimlanadigan logotipni yopishtirish va olib tashlash oson. 



Asl BOSCH asboblari korpusi va quyilishi mukammal ishlangani bilan ajralib turadi. Qalbaki asboblarning korpusi va plastik sifati past, quyma izlari yaqqol ko`rinib turadi.

Asl asbobning barcha tarkibiy qismlari, shu jumladan kauchuk ham haqiqiy nemis sifati asosida tayyorlanadi. Qalbaki va asl mahsulotlar orasidagi farq yaqqol ko`zga tashlanib turadi. Qalbaki nusxadagi kauchukning sifati past ekanligini aniqlash uchun mutaxassis bo'lish shart emas.







BOSCH
asboblarining dastagiga brend logotipi tushirilgan
Asbobning rangi, murvat qopqoqlari, mahkamlagichlar, tugmachalardagi bo'yoqlar va boshqa detallar har doim ham asbobning asl mahsulot ekanligini anglatmaydi. Gap shundaki, qalbaki ekanligini aniqlash deyarli imkonsiz bo'lgan qalbaki mahsulotlar ham mavjud. 

Qalbaki mahsulotlarda katta va notekis bo'shliqlarni ko'rish mumkin. Haqiqiy BOSCHda ular butun uzuna bo'ylab bir xilda bo`ladi.

Qalbaki mahsulotga tushib qolmaslik uchun nima qilish kerak? Bir nechta maslahatlar:
- bozorlarda xususiy sotuvchilardan (qo'ldan) xarid qilmang;
- narxning arzonligiga aldanmang. Yaxshi mahsulotni arzon xarid qilib bo'lmaydi;
- Asboblarrni faqat rasmiy do'konlarda kafolat talonlari bilan sotib oling.